Jamiyat
Turkiyada vatandoshlari tomonidan ayovsiz o'ldirilgan o‘zbekistonlik marhuma Durdona Hakimovaning jasadi va uning ikki nafar farzandi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Vatanga qaytarild, deb xabar berdi konsulxona.
Qayd etilishicha, marhuma va uning farzandlarining Vatanga qaytish bilan bog‘liq xarajatlari Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi hisobidan qoplab berilgan.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, Durdona Hakimova Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan “Eskeri melzeme” nomli harbiy kiyim-kechak savdo do‘konining muassisi bo‘lgan. U faol tadbirkor sifatida ko‘plab yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatib kelgan. Uning farzandlari esa dizaynerlikka ixtisoslashgan litseyda tahsil olishgan.
"Hurmatli yurtdoshlar!
Vaziyatni to‘liq o'rganmasdan turib, hamyurtimiz haqida biryoqlama, noxolis va shaxsni kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatish, tahqirlovchi izoh yozish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka olib kelishini, bundan tashqari, millatimizga nisbatan xalqaro maydonda salbiy fikrlar shakllanishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz", deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112016
Jamiyat
94710
Jamiyat
90720
Jamiyat
75524
Jamiyat
//
Izoh yo‘q