Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Saqlash
11:23 / 30.01.2026 37 0

Buxoro viloyati Vobkent tumanida profilaktika inspektori, kapitan Amrillo Rasulov o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi.

 

Ushbu voqea 29-yanvar kuni soat taxminan 16:30 da sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.

 

Suvda ayol kishi borligini ko‘rgan IIB xodimi o‘zini oqimi kuchli bo‘lgan muzdek suvga otgan va uni qirg‘oqqa olib chiqqan. U yerda boshqa odamlar unga yordam bergan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam mashinasi ayolni shifoxonaga olib ketgan. Uning holati ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli ayolning to‘rt nafar farzandi bor. U G‘ijduvon tumanida yashaydi. Ayolning o‘zini daryoga tashlashiga sabab bo‘lgan holatlarga aniqlik kiritilmoqda. Hodisaga sabab bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//