Jamiyat
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi.
O‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi.
Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy markaz malaka sertifikatini berish imtihonini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida onlayn shaklda tashkil etadi. Imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘lovlarni qabul qilish, imtihonni o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish, apellyatsiya murojaatlarini qabul qilish hamda elektron sertifikat berishni nazarda tutuvchi “O‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni” (Uzbek language proficiency test) elektron platformasini ishga tushiradi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgor 50 AQSh dollari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgor bir oy muddat ichida ikki marotaba malaka imtihoni topshirish istagini bildirgan taqdirda, ikkinchi malaka imtihoni uchun imtihon to‘lovining 50 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Malaka imtihoni natijasidan qanoatlanmagan talabgorlarga uch oy muddatda 4 ta ko‘nikmadan istalgan biri bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov (25 AQSh dollari) asosida bir marotaba qayta imtihon topshirish va sertifikat olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, malaka imtihoni natijasidan qanoatlanmagan talabgor natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida imtihon platformasi orqali apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellyatsiya shikoyati to‘lov asosida ko‘rib chiqiladi. Bunda talabgor malaka imtihonining apellyatsiya bermoqchi bo‘lgan har bir bo‘limi uchun 8 AQSh dollari miqdoridagi to‘lovni amalga oshiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
110918
Jamiyat
94485
Jamiyat
90410
Jamiyat
74391
Jamiyat
//
Izoh yo‘q