Ilm-fan
Oʻzbekiston davlat oliygohlarining chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarda til sertifikatiga ega boʻlganlarga maksimal ballning 75 foizi beriladi. Bu 28-yanvardagi hukumat qarorida (32-son) belgilandi.
Qarorga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:
B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111474
Jamiyat
94613
Jamiyat
90582
Jamiyat
74966
Jamiyat
//
Izoh yo‘q