Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 20 oylik qamoq jazosi va toʻqqiz ming dollar jarimaga hukm qilindi

Saqlash
12:22 / 29.01.2026 39 0

28-yanvar kuni Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok-Yolning rafiqasi Kim Gin Xini bir yilu sakkiz oylik qamoq jazosi va 12,81 million von (qariyb 9000 dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda JTBC xabar berdi.

 

Dastlab sud uchta asosiy: aksiya narxlarini manipulyatsiya qilish, noqonuniy siyosiy moliyalashtirish va noqonuniy imtiyozlar olish kabi ayblovlarni koʻrib chiqdi.

 

Sud xulosasiga koʻra, Kim Kun Xi bozor manipulyatsiyasi haqida bilgan boʻlishi mumkin boʻlsa ham, uning sxemaga, jumladan, Deutsche Motors qimmatli qogʻozlar ishiga aloqadorligiga oid hech qanday dalil boʻlmagan. Prokuratura bundan tashqari, saylov davrida Kim Gin Xi va uning eri foydasiga oʻtkazilgan bepul sotsiologik soʻrovlar bilan bogʻliq siyosiy moliyalashtirish qonunlarining buzilishi mumkinligi haqida daʼvo qilgan. Biroq sud taqdim etilgan dalillar bu harakatlarni noqonuniy deb topish uchun yetarli emas, degan xulosaga kelgan.

 

Shu bilan birga, sud Kim Gin Xining Birlashish cherkovidan naqd pul va qimmatli buyumlar – zargarlik buyumlari va sovgʻalar olganiga oid dalillarni topib, ularni nominal poraxoʻrlik deb baholadi. Bu Kim Gin Xi aybdorlik hukmining asosi boʻldi.

 

Maʼlumot uchun, 16-yanvar kuni Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok-Yul hibsga olishga toʻsqinlik qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu sobiq prezidentga qarshi 2024-yilda harbiy holat joriy etishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugagani bilan bogʻliq ishlar boʻyicha chiqarilgan birinchi hukmdir. Yun Sok-Yul yana yettita sud jarayoniga ishtirok etishi kerak. Janubiy Koreya prokuraturasi boʻlsa unga konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarishga urinish ayblovi bilan oʻlim jazosini soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//