“Gamnet”, “Jang ortidan jang” va “Frankenshteyn” Oscar uchun kurashadi

Saqlash
10:12 / 29.01.2026 33 0

Hloe Chjaoning “Hamnet”, Pol Tomas Andersonning “Jang ortidan jang” va Gilermo del Toroning “Frankenshteyn” filmlari Oscar mukofotining “Eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun kurashadi.

 

Ushbu yoʻnalishda mukofotga nomzodlar orasida Yorgos Lantimosning “Bugoniya”, Joshua Safdining “Ajoyib Marti”, Kleber Mendonsa Filhoning “Maxfiy agent”, Rayan Kuglerning “Gunohkorlar” va Yoahim Triyerning “Sentimental qadriyat”, Jozef Kosinskiyning “Formula 1” va Klint Bentleyning “Poezd orzulari” filmlari ham bor.

 

Animator Konstantin Bronzitning “Uch opa-singil” filmi “Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film” nominatsiyasida mukofotga nomzod boʻldi.

 

Amerika kinoakademiyasining “Eng yaxshi aktrisa” mukofoti uchun “Hamnet” filmi uchun Jessi Bakli, “Sentimental qadriyat” filmi uchun Renate Reynse, “Iloji boʻlsa seni tepgan boʻlardim” filmi uchun Rouz Birn, “Qoʻshiq qaygʻuli yangramoqda” filmi uchun Keyt Xadson va “Bugoniya” filmi uchun Emma Stounlar kurash olib boradi.

 

“Eng yaxshi aktyor” nominatsiyaga nomzodlari orasida “Ajoyib Marti” filmidagi roli uchun Timoti Shalame, “Jang ortidan jang” filmidagi roli uchun Leonardo Di Kaprio, “Moviy oy” filmidagi roli uchun Itan Xok, “Gunohkorlar” filmidagi roli uchun Maykl Jordan va “Maxfiy agent” filmi uchun Vagner Moura bor.

 

Oscar gʻoliblarini taqdirlash marosimi 16-mart kuni Gollivuddagi “Dolbi” teatrida boʻlib oʻtadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//