Nikolay Valuyev Markaziy Osiyoga tahdid qilingan video sun’iy intellekt ekanini ma'lum qildi

Saqlash
16:37 / 28.01.2026 34 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Davlat dumasi deputati va sobiq bokschi Nikolay Valuyevning Markaziy Osiyoda “maxsus operatsiya” o‘tkazish kerakligi haqidagi videosi tarqalgan edi. U video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyk ekani haqda “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

 

Valuyevning “Biz 30 yil davomida postsovet respublikalariga “shirinliklar” ulashdik, lekin bu yordam bermadi. Endi qamchi kerak bo‘ladi” deb aytgani aks etgan kadrlari tarqalgan edi.

 

“Videoning menga hech qanday aloqasi yo‘q. Texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgani quvonarli, ammo bu sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilgan. Men ko‘pincha sun’iy intellekt va shunga o‘xshash soxta videolar yaratish mavzusini ko‘taraman. Ehtimol, sun’iy intellekt mendan xafa bo‘lgan”, deya Valuyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarga izoh berdi.

 

​Valuyevning “videosi”ga avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev javob qaytarib, Valuyev bilan jangga kirish taklifini bergan edi.

 

“Menimcha bu sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan. Agar unday bo‘lmasa, Valuyevni kallasini joyiga qo‘yish kerak bo‘lsa, men tayyorman. Jangdan so‘ng u Markaziy Osiyo haqida bunday “bemaza” gaplar gapirmaydi”, degan edi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//