Jamiyat
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yana rekord o‘rnatdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltinning narxi 2 058 400 so‘mni tashkil etdi. Ichki bozorda ketma-ket yettinchi kun rekord yangilanmoqda.
28-yanvar kuni oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:
5 gramm — 10 mln 291 ming so‘m;
10 gramm — 20 mln 582 ming so‘m;
20 gramm — 41 mln 165 ming so‘m;
50 gramm — 102 mln 912 ming so‘m;
100 gramm — 205 mln 825 ming so‘m.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon oltin narxi 18 foizga oshgan. O‘tgan yilning ayni shu sanasi bilan taqqoslaganda esa o‘sish sur’ati 74,5 foizga yetgan.
Quymalarni qaytarib sotib olish narxi ham o‘zgargan. Agar quymaning qadog‘i butun bo‘lsa, uning qayta xarid narxi sotish qiymatidan 5 foizga past belgilanmoqda. Bu ko‘rsatkich 27-yanvar kuni 4 foizni tashkil etgan edi, ya’ni farq bir kun ichida 1 foizga oshgan.
Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordlarni qayd etmoqda. 27-yanvar kuni 1 unsiya oltin narxi ilk bor 5 ming dollardan oshgandi. 28-yanvar kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 5 ming 245 dollarga yetdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
110888
Jamiyat
94477
Jamiyat
90403
Jamiyat
74350
Jamiyat
//
Izoh yo‘q