Jamiyat
Mustaqillikning 30 yilligi bayrami Toshkent viloyati Qibray tumanida qurib bitkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasida bo‘lib o‘tadi
Loyiha doirasida dam olish va hordiq chiqarish, sport bilan shug‘ullanish joylari va yo‘laklari, sun’iy ko‘l havzasi, avtoturargohlar va boshqa maskanlar barpo etiladi.
“Yangi O‘zbekiston bog‘i” va “Istiqlol” majmualarini saqlash va ekspluatasiya qilish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi muassisligida “Yangi O‘zbekiston bog‘i” obyektlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi hamda loyiha doirasida qurilish jihozlash ishlari mazkur Direksiya tomonidan qabul qilib olinadi.
Rejadagi qurilishlar:
– Asosiy kirish qismi va 5 ta yaproqdagi yo‘laklar;
– Amfiteatr;
– “Istiqlol” majmuasi (stella);
– Daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklar (ayni paytda bog‘ hududida 4 500 ta daraxt, 123 000 ta buta, 52 240 kv.m chim ekildi);
– Ko‘l (hajmi 100 000 m3 suv sig‘imiga mo‘ljallanishi rejalashtirilgan);
– Favvora (174 m uzunlikda bo‘ladi).
Yer maydoni 98 gektar bo‘lishi aytilayotgan mazkur loyihaning qiymati loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng aniqlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q