Jamiyat
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov “MY5” telekanaliga bergan intervyusida kambag‘allik bilan bog‘liq bo‘lgan muammo uzoq yillar tan olinmagani, daromadi kam bo‘lgani, daromad olish uchun sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq bo‘lgani haqida fikrlarini aytdi.
Qayd etishicha, kambag‘allik yoki dangasalik o‘zbeklarga xos emas. Bu sovet kasalligi, sovet iqtisodiy siyosatining oqibatidir.
O‘zbekistonda kambag‘allikni yo‘qotish siyosati, avvalambor, millatni uyg‘otish, so‘ng tadbirkorlikni jinoyat deb bilgan sovet iqtisodiy siyosati yaratgan yashirin iqtisodiyot va boqimandalik kayfiyatini yo‘q qilish uchun amalga oshirilgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy islohot edi, dedi Alisher Qodirov.
U mamlakatda kambag‘allikni tugatish bo‘yicha siyosat eng og‘ir qatlamga yetib kelgani, nogiron va nafaqadagilardan tashqari hech kim harakatsiz daromadga umid qilmasligi kerakligini ta’kidlagan.
Deputat kambag‘allik bilan bog‘liq bo‘lgan muammo uzoq yillar tan olinmagani, daromadi kam bo‘lgani, qashshoqlik xalq dangasaligi bilan emas, balki daromad olish uchun sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq bo‘lganini bildirgan.
Sport
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110882
Jamiyat
94474
Jamiyat
90402
Jamiyat
74346
Jamiyat
//
Izoh yo‘q