“Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?” – Prezident 422 nafar oqlanganlar haqida gapirdi

Saqlash
16:20 / 27.01.2026 35 0

Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilashga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmayotganini qayd etdi.

Tergov bo‘yicha kadr tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizim – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. Unda yiliga 200 dan ortiq tergovchi tayyorlanyapti. 
 
Lekin poytaxtda ichki ishlarda 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant. Bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.

 

2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi? Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur”, – dedi Prezidentimiz.

 

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//