Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
“Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q”, – dedi davlatimiz rahbari.
Poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari – prokuror vazifasini bajaruvchi A.O‘rmonov, ichki ishlar (Sultonxo‘jayev), departament (birinchi o‘rinbosar Kenjayev), xavfsizlik (Berliboyev), gvardiya (Ortiqov), sud (Ismoilov), adliya (birinchi o‘rinbosar Nazarov), bojxona (Saidov), soliq rahbari (Nasimjonov) respublikaga namuna bo‘lmayapti. Buning uchun poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bo‘lishiga qaramasdan, haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilindi.
Bu yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb nomlandi. Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda asosiy bo‘g‘in – mahalla profilaktikasi. Lekin Toshkent shahridagi profilaktika xizmatlarining ishi to‘g‘ri tashkil etilmagani uchun muammolar to‘planib qolgani qayd etildi.
Ichki ishlar boshliqlari profilaktika inspektorlarini ertalab soat yettida va kechqurun o‘nda yig‘ib, soatlab yig‘in o‘tkazadi. Ular huquqbuzarlik bilan ishlash o‘rniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlariga ham jalb qilinyapti.
“Oqibatda ularni mahalladan topib bo‘lmaydi. Bir nechta mahallaga o‘zim odam yubordim. Ko‘pi ish joyida yo‘q yoki boshqa ishni qilib yuribdi”, – dedi Prezidentimiz.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
110860
Jamiyat
94471
Jamiyat
90394
Jamiyat
74331
Jamiyat
//
Izoh yo‘q