Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Videoselektorda Prezident narkojinoyatchilik va uyushgan guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha narkokanallarning oxirgi manbasi va homiylarigacha yetib borish uchun mas’ullarda qat’iyat yo‘qligini tanqid qildi.
Poytaxtda narkojinoyatlarning soni 4 mingdan oshgan. Qo‘lga olingan 112 ta uyushgan jinoiy guruh 1 ming 300 dan ortiq jinoyat qilgan.
Mazkur jinoyatlar uchun aybli deb topilganlar jazoni yarmini ham o‘tamasdan ozodlikka chiqmoqda. Oqibatda bu jinoyatni takroran qilganlar uch yilda 125 foizga ko‘paygan.
Prezident Administratsiyasi shug‘ullanishni boshlagandan keyin bu masalada o‘zgarish bo‘lgani ta’kidlandi. So‘nggi uch oyda respublika bo‘yicha 50 ga yaqin yirik narkoguruhlar qo‘lga olinib, yarim tonna narkotiklar muomalasiga chek qo‘yildi.
“Eng yomoni, chet davlatlarda ham o‘zimizning fuqarolar uyushgan guruhlar tuzib, yurtimizdan borganlarga nisbatan tovlamachilik, zo‘ravonlik, tadbirkorligiga raxna solish bilan shug‘ullanyapti. O‘zbeklarning chet eldagi ommaviy mushtlashuvlari yurtimiz obro‘siga putur yetkazyapti”, – dedi davlat rahbari.
O‘tgan yilning o‘zida chet elda og‘ir ahvolga tushgan 3 ming 700 nafar fuqarolarimiz mamlakatimizga qaytarildi. 192 nafar fuqaro odam savdosi qurboniga aylandi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
110860
Jamiyat
94471
Jamiyat
90394
Jamiyat
74331
Jamiyat
//
Izoh yo‘q