Jamiyat
“Haj” va “Umra”ga borish uchun endi yagona portal orqali roʻyxatdan oʻtish majburiy etib belgilandi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24-yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan respublikamizda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida boʻlgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali roʻyxatdan oʻtish majburiy etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:
- 2026-yil 1-fevraldan boshlab — “Haj” tadbiriga;
- 2026-yil 1-maydan boshlab — “Umra” tadbiriga borish uchun portalda roʻyxatdan oʻtish shart.
Qayd etilishicha, ziyoratchilar haqidagi maʼlumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111806
Jamiyat
94672
Jamiyat
90664
Jamiyat
75304
Jamiyat
//
Izoh yo‘q