Jamiyat
Joriy yilning 16-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan umumiy 87,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 873 990 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ogohlantirishdan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun besh kun muddat berilib, ushbu davrda 7,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.
Shuningdek, respublika kesimida jami 151 202 ta abonentlarning 14,8 mlrd so‘mlik maishiy chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘loviga cheklov o‘rnatildi.
Mazkur tartib 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilib, cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq yechiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Sport
111257
Jamiyat
94561
Jamiyat
90511
Jamiyat
74747
Jamiyat
//
Izoh yo‘q