2026-yilda bog‘cha puli miqdorlari bo‘yicha rasmiy tushuntirish berildi

Saqlash
18:08 / 26.01.2026 53 0

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bog‘cha puli miqdorlari oshirilmaganini ma’lum qildi. Biroq ayrim imtiyozlarning amal qilish muddati tugagan.

 

Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi tegishli qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan:

▪️ 5-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;

▪️ 4-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;

▪️ 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 15 foiz.

 

Keltirib o‘tilgan mazkur imtiyozning amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar etib belgilanganligi sababli ayni vaqtda ushbu imtiyoz o‘z kuchini yo‘qotgan.

 

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi tegishli qarori asosida 2025-yil 1-yanvardan boshlab — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari belgilangan va u hozirga qadar amal qilib kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//