Ayollarga mashina haydashni ishonsa bo‘ladimi? – O‘zbekistonda so‘rovnoma o‘tkazildi

Saqlash
17:21 / 26.01.2026 82 0

O‘zbekistonda “ayollarga mashina haydashni ishonib bo‘ladimi, yo‘qmi?” mazmunida so‘rovnoma o‘tkazildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning 61,4 foizi “ayollarga mashina haydashni ishonib topshirib bo‘lmaydi” fikriga qo‘shilmasligini bildirgan. Shuningdek, qatnashchilarning 6,5 foizi o‘z fikrini bildirishga qiynalgan bo‘lsa, 32,1 foiz respondent buning to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan.

 

Ta’kidlanishicha, zo‘ravonlikka uchragan ayollarning har uchdan biri “ayollarga mashina haydashni ishonib topshirib bo‘lmaydi” degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Xo‘sh, “ayollar avtomobilni yaxshi hayday olmaydi” degan stereotipga ilm-fan nima deydi?

 

Ilmiy tadqiqotlar mashina haydash sifati va xavfsizligida tug‘ma (biologik) jinsiy farq yo‘qligini ko‘rsatadi. Ya’ni farqlar jinsga emas, haydovchining xulq-atvori va xavfga moyilligiga bog‘liq. Aksincha, erkaklar tezligi yuqori yo‘llarda, yolg‘iz mashina bilan sodir bo‘lgan avariyalarda, yomg‘irli ob-havoda va qorong‘i vaqtda ko‘proq YTHga uchraydi.

 

Sug‘urta va yo‘l harakati xavfsizligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar tezlikni oshirish, mast holda va agressiv haydash kabi xavfli xatti-harakatlarga erkaklarga qaraganda kamroq moyil.

 

Ilmiy maqolalar ham ayollarning kognitiv yoki motor qobiliyatlari mashina haydash uchun kamroq mos ekanini ko‘rsatadigan hech qanday ilmiy dalil mavjud emasligini tasdiqlaydi.

 

Xabarda aytilishicha, ta’lim, mashg‘ulot va tajriba olish imkoniyatlari teng bo‘lganda, ayollar avtomobil haydashning barcha jihatlarida erkaklar bilan bir xil natija ko‘rsatishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//