Madaniyat
Madaniy meros agentligi tomonidan 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra sayyohlar tomonidan eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar beshtaligi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra:
1. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga — 1 145 595 nafar;
2. Registon ansambliga — 1 136 069 nafar;
3. “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasiga — 851 714 nafar;
4. “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga — 476 592 nafar;
5. “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 185 604 nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurgan.
Ta’kidlanishicha, yuqorida nomlari keltirilgan muzeylarga bo‘lgan qiziqish 2024-yilga nisbatan umumiy hisobda qariyb 25 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yil davomida agentlik tizimidagi barcha muzey va muzey-qo‘riqxonalarga jami 6 milliondan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lib, shundan qariyb 2 million nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
110837
Jamiyat
94465
Jamiyat
90387
Jamiyat
74309
Jamiyat
//
Izoh yo‘q