Bu hafta ham qor yog‘ishi kutilmoqda

Saqlash
10:58 / 26.01.2026 81 0

O‘zgidromet 1-fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 26–28-yanvar kunlari ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–29-yanvarda kechasi -6– -11° sovuq, kunduzi -3° sovuq– +2° iliq, 30-yanvar–1-fevralda kechasi -3– -8° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–29-yanvarda kechasi -6– -11° sovuq, kunduzi -3° sovuq– +2° iliq, 30-yanvar–1-fevralda kechasi -3– -8° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.

 

27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29-yanvar–1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 26–30-yanvarda -3° sovuq– +2° iliq, 31-yanvarda 0– +5° iliq, 1-fevralda kechasi -2– -7° sovuq, kunduzi 26- va 28-yanvarda +5– +10° iliq, 27-yanvarda +3– +8° iliq, 29–31-yanvarda +7– +12° iliq, 1-fevralda kechasi +2– +7° iliq; cho‘l hududlarda 26–29-yanvarda kechasi -6– -11° sovuq, kunduzi -3° sovuq– +2° iliq, 30-yanvar–1-fevralda kechasi -3– -8° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29-yanvar–1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 26–31-yanvarda -3° sovuq– +2° iliq, 1-fevralda kechasi 0– -5° sovuq, kunduzi 26-yanvarda +3– +8° iliq, 27-28-yanvarda +1– +6° iliq, 29-yanvar va 1-fevralda +2– +7° iliq, 30-yanvarda +5– +10° iliq, 31-yanvarda +7– +12° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 29-yanvar–1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi,

 

Harorat kechasi 26–29-yanvar va 1-fevralda -2° sovuq– +3° iliq, 30-31-yanvarda 0– +5° iliq, kunduzi 26-yanvar va 28-yanvarda +7– +12° iliq, 27-yanvar va 1-fevralda +5– +10° iliq, 29-31-yanvarda +9– +14° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5–10 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 0– -5° sovuqdan -3° sovuq– +2° iliqqacha, kunduzi 0– +5° iliqdan +4– +9° iliqqacha o‘zgarib turadi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 26-, 29–31-yanvar va 1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26–28-yanvarda yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak kuzatiladi. 26-yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi -8– -13° sovuqdan -3– -8° sovuqqacha, kunduzi 0– -5° sovuqdan -3° sovuq– +2° iliqqacha o‘zgarib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//