Ilm-fan
OpenAI asoschisi Sem Altman inson va sun’iy intellektni bir-biriga bog‘lashni maqsad qilgan yangi Merge Labs loyihasini ishga tushirdi. Ushbu startapning asosiy vazifasi – ChatGPT chat-botini inson miyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulay oladigan maxsus qurilma yaratishdir.
Merge Labs neyron signallarini masofadan turib o‘qish uchun ultratovush va maxsus molekulalardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ushbu usul bosh suyagini ochmasdan turib miya faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Maxsus sensorlar xuddi oddiy plastir kabi bosh yuzasiga yopishtiriladi va miya signallarini o‘qiydi.
Neyron signallarini ultratovush orqali o‘qish texnologiyasi dastlab “Forest Neurotech” notijorat laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Bu laboratoriyada allaqachon bosh miya jarohatini olgan bemorlarda sinovlar o‘tkazilgan va yangi usulning barqaror xavfsizligi tasdiqlangan.
OpenAI vakillarining ta’kidlashicha, ushbu texnologiya sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqaning eng “tabiiy usuli”ni yaratadi. Albatta, ChatGPT’ga ulangan insonlar dunyodagi barcha bilimlarni bir zumda miyasiga yuklab ololmaydi, balki faqat fikr kuchi orqali chat-botga so‘rov yuborish imkoniga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, Merge Labs qurilmalari OpenAI mahsulotlari uchun o‘ziga xos masofaviy boshqaruv pulti vazifasini o‘taydi.
Loyiha mualliflari ushbu texnologiyani mukammal darajaga yetkazish uchun uzoq yillar emas, balki o‘n yillab vaqt ketishi mumkinligini aytmoqda. Shunga qaramay, moliyaviy ekspertlar birgina AQShning o‘zida neyrointerfeyslar bozorini 400 milliard dollarga baholamoqda.
Hozirgi vaqtda Merge Labs startapining umumiy qiymati 850 million dollarga yetgan. Eng yirik investorlar qatorida Sem Altmanning shaxsan o‘zi, Bain Capital investitsiya kompaniyasi va Valve asoschilaridan biri Geyb Nyuell bor.
Loyiha ustida sohaning eng kuchli mutaxassislari, jumladan, Mixail Shapiro (Kaltex tadqiqot instituti), Tayson Aflalo, Samner Norman, shuningdek, World biometrik tizimi asoschilari Aleks Blaniya va Sandro Xerbiglar ish olib bormoqda. Sem Altman ushbu loyihani rivojlantirishda shaxsan ishtirok etmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
110836
Jamiyat
94465
Jamiyat
90387
Jamiyat
74307
Jamiyat
//
Izoh yo‘q