Ish bitishi qiyin bo‘lgan TOP-5 tashkilot nomi ma’lum qilindi

Saqlash
09:56 / 26.01.2026 138 0

Adliya vazirligi taqdim qilgan 2025-yil yakuni bo‘yicha sarhisobda TOP-5 ish bitishi qiyin bo‘lgan tashkilot ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Bular:

▪️ “Hududgazta’minot”;

▪️ Kadastr agentligi;

▪️ Sog‘liqni saqlash vazirligi;

▪️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

▪️ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.

 

Ma’lumotga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida 2025-yilda jami 252 747 ta qonun buzilishi kuzatilgan bo‘lib, shundan 170 678 tasi – muddat buzilishi, 50 775 tasi – asossiz rad etilish hisobiga to‘g‘ri keladi. 16 048 tasida esa ortiqcha hujjat talab qilish holati kuzatilgan.

 

Yuqorida keltirilgan tashkilotlar esa mazkur qonun buzilishlari bo‘yicha “yetakchilik” qilgan.

Masalan:

1. “Hududgazta’minot” — 43 367 ta;

2. Kadastr agentligi — 32 544 ta;

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 21 321 ta;

4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 19 176 ta;

5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 18 014 ta.

 

Adliya vazirligi o‘z sarhisobida davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida qonun buzilishlari 2025-yilda 2,5 barobarga kamayganini ma’lum qilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//