Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Payariq tumanida joylashgan “Choshtepa-2” arxeologiya yodgorligi hududida og‘ir texnika vositalari yordamida noqonuniy buzilish holatlariga olib borilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Madaniy meros agentligi bergan rasmiy munosabatga ko‘ra, 24-yanvar kuni Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Choshtepa-2” arxeologiya yodgorligi hududida o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, yodgorlikda yangi qonunbuzarlik holatlari aniqlanmagan.
Agentlik ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 24-yanvar sanasida tarqatilgan ma’lumotlar aslida 2022-yil fevral oyida sodir bo‘lgan holatlarga tegishli ekanini ma’lum qildi.
Xabarda yozilishicha, 2022-yil fevral oyida mazkur yodgorlik hududida og‘ir texnika vositalari yordamida noqonuniy buzilish holatlari aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, yodgorlikka jami 4 mlrd 573 mln 800 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan va bu bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2022-yil 5-apreldagi 01-06/279-sonli rasmiy xat orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, “Choshtepa-2” arxeologiya yodgorligi I–VIII asrlarga oid bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-son qaroriga muvofiq Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga 1128-raqam bilan kiritilgan. Ushbu qaror asosida yodgorlik Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111326
Jamiyat
94575
Jamiyat
90538
Jamiyat
74821
Jamiyat
//
Izoh yo‘q