Siyosat
Yig‘ilish davomida hokim yordamchilarini “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilib, buni “og‘ir” mahallalardan boshlash topshirildi. Har bir tuman kesimida “loyihaviy yondashuv” asosida amalga oshiriladigan loyihalar portfeli shakllantirilishi ta’kidlandi.
Aytilishicha, “Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obyektlarining boshlang‘ich narxini 2-3 karra pasaytirib, sotuvga chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, ish o‘rni va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 ta “og‘ir” mahallaga 1 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Ushbu mahallalardagi hokim yordamchilari Xitoy, Turkiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlarga bir oylik malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Bundan tashqari, “Mahalla yettiligi” samarasini oshirish bo‘yicha poytaxtda yo‘lga qo‘yilgan tajriba endi barcha tuman va shaharlarda ham tatbiq etilishi belgilandi.
Prezident ta’kidlashicha, endilikda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi mahalla raisi taqdimnomasi asosida tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ishdan olinadi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q