Lactalis kompaniyasi O‘zbekistondagi ayrim bolalar ozuqasini qaytarib olmoqda

Saqlash
09:20 / 23.01.2026 83 0

Fransiyaning Lactalis kompaniyasi tarkibidagi bakterial modda tufayli 18 ta davlatdagi bolalar ozuqasini qaytarib olishini ma’lum qildi.

 

Endilikda dorixonalar va yirik savdo tarmoqlarida sotiladigan Picot markasidagi bolalar ozuqasi, xususan, ushbu mahsulotning 6 ta partiyasi qaytarib olinmoqda. Bunga ularning tarkibida sereulid moddasi aniqlangani sabab bo‘lgan. Ushbu toksin ich ketishi va qusishni keltirib chiqarishi mumkin.

 

 

“Bu ma’lumot bolalarning ota-onalarida xavotir uyg‘otishi mumkinligini to‘liq tushunamiz”, deyiladi Lactalis kompaniyasi bayonotida.

 

Fransiyadan tashqari, Avstraliya, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Kongo Respublikasi, Ekvador, Ispaniya, Madagaskar, Meksika, Monako, O‘zbekiston, Peru, Gruziya, Gretsiya, Kuvayt, Chexiya va Tayvandagi mahsulot partiyalari ham qaytarib olinadi.

 

Hozircha Fransiya rasmiylari ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq hech qanday shikoyat yoki holatni qayd etmagan. Lactalis kompaniyasi 2018-yilda salmonella tarqalishi bilan bog‘liq yirik mojaro markazida qolgan edi. O‘shanda kompaniya kasallik miqyosini yashirishga uringanlikda ayblangan va natijada 80 dan ortiq mamlakatda 12 million dona chaqaloqlar uchun ozuqa qaytarib olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//