Jamiyat
BMTning hisobotiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda esa O‘zbekiston urbanizatsiya darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib, Qozog‘istonga deyarli yetib oldi. Shu bilan birga, uzoq muddatli prognozlar mamlakatda demografik manzara keskin o‘zgarishini ko‘rsatmoqda.
2025-yil holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda yirik shaharlar aholisi ulushi 41,1 foizni, kichik va o‘rta shaharlarda yashovchilar esa 41,6 foizni tashkil qilmoqda. Mintaqada qishloq aholisining o‘rtacha ulushi 17,3 foiz atrofida.
Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston urbanizatsiya darajasi bo‘yicha hozircha ikkinchi o‘rinda. Aholining 43,8 foizi yirik shaharlarda, yana 43,4 foizi kichik va o‘rta shaharlarda yashaydi. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda qishloq aholisi ulushi eng kam bo‘lgan davlat hisoblanadi — jami aholining atigi 12,8 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda qishloq aholisi ulushi 22,4 foizni, Qirg‘izistonda esa 23,1 foizni tashkil etadi. Ayni paytda Qozog‘iston urbanizatsiya darajasi eng yuqori davlat bo‘lib qolmoqda: aholining 45,3 foizi yirik shaharlarda yashaydi.
BMT tahlilchilariga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekiston yirik shaharlarda yashovchi aholi ulushi bo‘yicha 54,6 foiz ko‘rsatkich bilan Qozog‘istonni (51 foiz) ortda qoldiradi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qishloq aholisi ulushi keskin kamayib, bor-yo‘g‘i 8,7 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Aksincha, Qozog‘istonda qishloq aholisi ulushi 18,7 foizga yetib, u hatto Qirg‘izistondan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa Qozog‘istonni mintaqadagi eng “qishloqlashgan” davlatga aylantirishi mumkin.
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110779
Jamiyat
94447
Jamiyat
90363
Jamiyat
74250
Jamiyat
//
Izoh yo‘q