Jamiyat
O‘zbekistonda onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kredit undirish to‘xtatiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaro surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e’tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to‘xtatadi.
Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress (bir shaxs boshqasining o‘rniga zarar yoki majburiyatni bajargach, keyin aybdor shaxsdan o‘sha to‘langan pulni qaytarib talab qilish huquqi) tartibida undirishi, shuningdek, frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sud qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.
Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya’ni rasm orqali identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi.
Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.
Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.
Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi. Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.
Nizomga ko‘ra, onlayn kredit olish uchun ariza berilganda, kredit tashkiloti avvalo foydalanuvchi ma’lumotlarini Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrida tekshiradi. Agar foydalanuvchi ma’lumotlari reyestrda topilmasa, onlayn kredit berish jarayoni davom ettiriladi.
Agar bir JSHSHIR bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta kredit tashkilotlari so‘rov yuborsa, kredit byurosi faqat birinchi bo‘lib yuborilgan so‘rovga javob beradi.
Birinchi so‘rov yuborgan kredit tashkiloti ushbu JSHSHIR bo‘yicha onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilsa, kredit byurolari mazkur JSHSHIR bo‘yicha boshqa kredit tashkilotlariga 24 soat davomida so‘rov qabul qilinmasligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
110778
Jamiyat
94447
Jamiyat
90362
Jamiyat
74248
Jamiyat
//
Izoh yo‘q