Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimida quyidagilar rejalashtirilgan:
➖ 2026-yil 1-maydan boshlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 1-oktyabrdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2027-yildan esa boshqa hududlarda “Stent for Life” va “Action Plan for Stroke” xalqaro dasturlari asosida ishlab chiqilgan “Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi amaliyotga joriy etiladi;
➖ Tez yordam brigadalari telemetrik elektrokardiograf va monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi. Shu jumladan, EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, tez yordam brigadalari va shifoxonalar o‘rtasida real vaqt rejimida ma’lumot almashish imkoniyati yaratiladi;
➖ Statsionar tibbiyot muassasalarida insultni sun’iy intellekt asosida tashxislash imkoniyati yaratilib, bemorlarning harakat marshruti raqamlashtiriladi. Shifoxonalar esa shoshilinch holatlarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun tromb erituvchi dori vositalari hamda zarur sarflov materiallari bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, “Angels Initiative” xalqaro tashabbusining “FAST Heroes” dasturi asosida maktab o‘quvchilari uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Har yili 29-sentabr – Butunjahon yurak kuni va 29-oktabr – Butunjahon insultga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bepul qon bosimi, qand va xolesterin ko‘rsatkichlarini o‘lchash, aholining shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi.
Dasturni moliyalashtirishga 2026-yilda 239 milliard so‘m, 2027-yildan boshlab 280 milliard so‘m ajratilishi ta’kidlandi.
Raqamli platforma doirasida “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy qilinib, qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish, shoshilinch tibbiy yordam bilan integratsiyalangan holda buyurtma berish, muassasalarning zaxirasini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Qon bilan ishlash xizmatini moliyalashtirish uchun 2026 yilda 308 milliard so‘m, 2026—2030 yillarda esa sohani takomillashtirishga jami 1,75 trillion so‘m nazarda tutilgani qayd etildi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
110773
Jamiyat
94445
Jamiyat
90359
Jamiyat
74243
Jamiyat
//
Izoh yo‘q