Jahon
Qozogʻistonda vitse-prezident lavozimi va Xalq Kengashi organi joriy etiladi. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Milliy qurultoy yigʻilishida maʼlum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.
“Har narsaning oʻz vaqti bor, deb bejizga aytishmaydi. Shunday vaqt keldi, deb oʻylayman. Va bugun Milliy qurultoyning yakuniy yigʻilishiga yangi muhim taklif bilan chiqishni istagan boʻlardim...
Gap Qozogʻiston respublikasi vitse-prezidenti institutini tashkil qilish va uni tegishli ravishda konstitutsiyada mustahkamlash haqida bormoqda. Vitse-prezident prezident tomonidan, koʻp ovoz yigʻish yoʻli va parlament roziligi bilan tayinlaydi. Uning vakolatlari doirasini davlat rahbari belgilab beradi”, deydi Toʻqayev.
Unga koʻra, vitse-prezident mamlakat rahbari topshirigʻi bilan xalqaro forumlarda va xorijiy delegatsiyalar bilan muzokaralarda Qozogʻiston manfaatlarini ifoda etadi. U shuningdek, parlamentda ham prezident manfaatlarini ifodalab, mahalliy va xorijiy ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va madaniy-maʼrifiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Mamlakatda amaldagi parlament faoliyatini taʼminlovchi baʼzi apparat tuzilmalari, shuningdek, davlat maslahatchisi lavozimi bekor qilinishi mumkin.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111630
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75124
Jamiyat
//
Izoh yo‘q