Jahon
Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik, ijtimoiy adolat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli “Insoniy birodarlik" (Zayed Award for Human Fraternity) mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.
Bu yil mukofot uchun Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi, afg‘on qizlari ta’limi hamda huquq himoyachisi Zarqa Yaftali loyiq topildi.

Mukofot sovrindorlarini tanlash jarayoni xalqaro miqyosda tan olingan mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshirildi. Hay’at tarkibida turli mintaqalardan yetuk siyosiy, diniy va gumanitar arboblar bilan bir qatorda, Markaziy Osiyodan hay’atga kiritilgan birinchi va hozircha yagona vakil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi

Ushbu ishtirok va 2026-yilgi mukofot sovrindorlarini tabriklash katta sharaf ekanini qayd etgan Mirziyoyeva Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi hatto uzoq yillar davom etgan va murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol namoyon etganini ta’kidladi.
“Zarqa Yaftalini alohida ta’kidlashni istayman. Uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati izchil va qat’iyatli sa’y-harakatlar orqali insonlar taqdiri, butun hamjamiyatlar kelajagini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatadi. Men uchun tinchlik ham, qizlarning ta’limga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva telegram sahifasida.
Sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2026 yil 4 fevral kuni BMT tomonidan belgilangan Xalqaro inson birodarligi kunida bo‘lib o‘tadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
110747
Jamiyat
94439
Jamiyat
90352
Jamiyat
74214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q