“Metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Saqlash
09:27 / 20.01.2026 50 0

Havo harorati pasayishi sababli “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

 

Qayd etilishicha, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

 

Axborot matnida qayd etilishicha, havo haroratining keskin pasayishi ortidan tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgani tufayli ayrim hududlardagi quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilgan.

 

Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa sanalishini ta'kidlagan vazirlik shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilganini ma'lum qildi. Ushbu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.

 

Hududlardagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi, shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanishi ta'kidlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//