Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maktubda qayd etilishicha, ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentyabrda e’lon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslanadi.
Tashabbusning asosiy maqsadi – uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma - Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etilgan.
Shavkat Mirziyoyev amerikalik hamkasbiga javob maktubini yo‘llab, unda O‘zbekiston Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.
Davlat rahbari o‘z maktubida ushbu tashabbusga Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik nizolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini ta’kidlagan.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110727
Jamiyat
94438
Jamiyat
90344
Jamiyat
74196
Jamiyat
//
Izoh yo‘q