Hafta davomida yana qor yog‘ishi kutilmoqda

Saqlash
11:20 / 19.01.2026 52 0

O‘zgidromet 25-yanvargacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 19–23-yanvarda -8– -13° sovuq, 24-25-yanvarda -5– -10° sovuq, kunduzi – 18–20-yanvarda -1– -6° sovuq, 21–25-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21- va 25-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22–24-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 18–20-yanvarda -2– -7° sovuq, 21-yanvarda 0– -5° sovuq, 22–25-yanvarda -3– -8° sovuq, kunduzi – 19–21- va 24-25-yanvarda 0– +5° iliq, 22-23-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.

 

Navoiy viloyati shimolida kechasi – 19–23-yanvarda -8– -13° sovuq, 24-25-yanvarda -5– -10° sovuq, kunduzi – 19-20-yanvarda -1– -6° sovuq, 21–25-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 23–25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 19-21-yanvarda 0– -5° sovuq, 22–25-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi – 19–21 va 24-25-yanvarda 0– +5° iliq, 22-23-yanvarda -2° sovuq– 3° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

21-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.22-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 23–25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 19–22-yanvarda 0– -5° sovuq, 23–25-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi 19- va 24-25-yanvarda +2– +7° iliq, 20-21-yanvarda +5– +10° iliq, 22-23-yanvarda 0– +5° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19–21- va 24-25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 19–21-yanvarda 0– -5° sovuq, 22–25-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi – 19–21-yanvarda 0– +5° iliq, 22–25-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

19-yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi – 0– -5° sovuqdan -8– -13° sovuqqacha, kunduzi -3° sovuq– +2° iliqdan -2– -7° sovuqqacha o‘zgarib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//