Jamiyat
O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Furqat Siddiqov o‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi uchun AQSh viza rejimini yengillashtirish borasida muntazam harakat ketmoqda. Kutilgan natijaga erishish esa oson kechmasligi tabiiy.
“AQShga vizasiz kirishga erishish uzoq vaqt talab etadigan jarayon. Lekin bu bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Albatta, qanaqa viza rejimini joriy etish, qanday shartlar qo‘yish Amerika hukumatining ichki siyosatiga bog‘liq. Hozirda nafaqat AQShga, balki Braziliya, Kanada va boshqa davlatlarga ham aholimiz vizasiz borishini ta’minlash borasida muntazam muzokaralar ketmoqda”, degan elchi.
Siddiqovning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda o‘zbek-amerika munosabatlari tarixiy cho‘qqiga chiqqan. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta potensial mavjud.
“O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekiston va Amerika prezidentlari o‘rtasida to‘rt marta muloqot bo‘ldi. Ikki marta telefon qo‘ng‘irog‘i va ikki marta Nyu-York hamda Vashingtonda uchrashuvlar tashkil qilindi. Buning natijasida keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilgan. Bu Amerika hukumatining O‘zbekistonda bo‘layotgan islohotlarga, mamlakat potensialiga e’tiborini, biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ko‘rsatadi”, degan O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi.
Furqat Siddiqov, shuningdek, 2026-yil yanvar oyi yakunidan O‘zbekistonda AQSh fuqarolari uchun 30 kungacha bo‘lgan vizasiz rejim joriy etilishini ham ma’lum qildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
110719
Jamiyat
94437
Jamiyat
90342
Jamiyat
74185
Jamiyat
//
Izoh yo‘q