Inson miyasi tasavvur va haqiqatni farqlay olmaydi - Tadqiqot

Saqlash
15:27 / 18.01.2026 49 0

AQShning Kolorado universiteti va Germaniyadagi Maks Plank instituti olimlari tasavvur qilish jarayonida inson miyasi qanday ishlashini kuzatishdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, miya tasavvur qilish vaqtida o‘zining kelajakdagi qarorlarini algoritmik tarzda qayta dasturlab borar ekan.

 

Masalan, agar siz kimnidir ijobiy holatda tasavvur qilsangiz, bu o‘sha odamni haqiqatan ham ko‘proq yoqtirib qolishingizga sabab bo‘ladi. Ya’ni bunda miya tasavvurni xom-xayol emas, real voqea sifatida qabul qiladi va haqiqiy hayotga tatbiq etadi.

 

O‘tkazilgan tajriba davomida ishtirokchilardan tanish odamlar ro‘yxatini tuzib, ularni yoqtirish darajasiga qarab tartiblash so‘ralgan. Keyin qatnashchilar ro‘yxatdagi o‘zlari uchun muhim bo‘lmagan odamlar bilan 8 soniya davomida ijobiy yoki salbiy voqealarni tasavvur qilishgan. Ularning miyasi esa skaner ostida kuzatilgan.

 

Natija hayratlanarli bo‘lgan. Gap shundaki, ijobiy voqealarni tasavvur qilgan odamlar haqiqatan ham o‘sha insonlarni yoqtira boshlagan. Bu ularning miyalarida ham aniq aks etgan.

 

Qiziq tomoni, tasavvur qilgan holatlar miyada real tajriba singari qayd etilgan va miya mexanizmlari faollashgan.

 

Bu tasavvur orqali ham yangi hissiyotlar va munosabatlar paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

 

Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur ilmiy topilma odamlarga psixologik yordam berishda, ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashda yoki masalan, sportchi yoki musiqachining ruhiy tayyorgarligini oshirishda foydali bo‘lishi mumkin.

 

Ammo shuni ham aytish kerakki, tasavvur har doim ijobiy natija bermaydi. Misol uchun, xavotir yoki depressiya tuygan odamlarda ko‘pincha salbiy tasavvurlar kuchliroq bo‘ladi. Bunday holat esa tasavvur sog‘liqni yomonlashtirishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//