Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev joriy yilda AQShda o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar berdi Daryo.
Ma’lum bo‘lishicha, bu haqda davlat rahbarining Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘z borgan.
Xabarda aytilishicha, prezident AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar chog‘ida mahalla guzari tashkil etish tashabbusini ilgari surgan.
Mazkur guzar Nyu York yoki Vashingtonda barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu mahalla guzarida O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatiladi. Shuningdek, milliy oshxonalar va choyxonalar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, topshiriqni amalga oshirish vazifasi O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqovga yuklatilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q