O‘zbek olimlari yaralarga tez shifo bo‘luvchi aqlli gidrogel yaratdi

Saqlash
12:26 / 17.01.2026 43 0

FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Sellyuloza va uning hosilalari kimyosi va texnologiyasi laboratoriyasi olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolash uchun mo‘ljallangan yangi avlod ko‘p funksiyali gidrogel bog‘lamasini yaratdi.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu tadqiqot natijalari nufuzli “Chemical Engineering Journal” jurnalida e’lon qilinib, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.

 

Ishlab chiqilgan gidrogel yuqori yopishuvchanlik, elastiklik, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega. U yarani samarali yopib, tashqi omillardan himoyalaydi hamda bitish jarayonini tezlashtiradi.

 

Gidrogel tarkibida polivinil spirt, midiya musini, temir ionlari va artemizinin qo‘llanilgan bo‘lib, uning ikki tarmoqli tuzilishi yuqori mexanik mustahkamlikni ta’minlaydi. Natijada material teri to‘qimalariga mustahkam yopishib, uzoq muddat barqaror saqlanadi.

 

Kashfiyot ta’sirida infeksiyalangan yaralarda teri to‘qimalarining tiklanish jarayoni tezlashib, sog‘ayish muddati qisqaradi.

 

Mazkur innovatsion ishlanma an’anaviy bog‘lamalarga nisbatan samarali va istiqbolli yechim sifatida baholanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//