Jamiyat
O‘zbekiston fuqarosi Faxriddin Suyarov Abxaziyada Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan keksa ayolni yong‘indan qutqarib qoldi. Bu haqda Gagra tumani ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 11-yanvar kuni yuz bergan. Gagra shahridagi besh qavatli uydagi xonadonlardan birida yong‘in chiqqan. Faxriddin Suyarov xonadonga kirib, mustaqil harakatlana olmaydigan ayolni ko‘tarib chiqqan.
“Xavfga qaramasdan, u tutun bosgan xonaga kirib, jabrlanuvchini xavfsiz joyga olib chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Qutqaruvchilar yetib kelgach, qo‘shni ikki xonadonda yashovchilarni, jumladan ikki nafar bolani evakuatsiya qilgan. Yong‘inda hech kim jabrlanmagan. Ammo xonadon balkoni to‘liq yonib ketgan, qolgan xonalar esa qora qurum bilan qoplangan.
Shuningdek, 15-yanvar kuni Gagra tumani ma’muriyatida Faxriddin Suyarov bilan uchrashuv o‘tkazilib, u jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun minnatdorlik maktubi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“Qiyin vaziyatda odamlarga yordam berishga tayyorligi va jasorati uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Bunday amallar — haqiqiy fuqarolik jasoratining yorqin namunasidir!” — deyiladi tuman ma’muriyati xabarida.
Mahalliy OAVlar aniqlik kiritishicha, Faxriddin Suyarov — O‘zbekiston fuqarosi. Xabarlarda boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Faxriddin Suyarov qachondan buyon Gagrada yashashi va nima ish qilishi ochiqlanmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
110640
Jamiyat
94422
Jamiyat
90313
Jamiyat
74099
Jamiyat
//
Izoh yo‘q