Jamiyat
Kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha yangi dasturlar maktablarda ham amalga oshiriladi. Xususan, “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident qarori e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra 2026-yil 1-fevraldan:
– aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oshiriladi;
– davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;
– transportlarda (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmog‘i orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar o‘rnatiladi.
Umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi. Unda klub a’zolari o‘rtasida kitob tahliliga bag‘ishlangan debatlar o‘tkaziladi. Maktablarda klub a’zolariga yiliga kamida 20 ta kitob o‘qitib boriladi va har chorakda tuman (shahar) kesimida eng faol “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari a’zolari rag‘batlantiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q