Jamiyat
Jizzaxda internet orqali bolalar uchun soxta xayriya uyushtirib, fuqarolardan pul yigʻib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat Jizzax shahri Zargarlik mahallasida yashovchi fuqaroning ichki ishlar organlariga murojaati orqali aniqlangan. Fuqaro nomaʼlum shaxslar uning farzandi tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, turli guruhlarda ehson puli yigʻishni yoʻlga qoʻyganini maʼlum qilgan va qonunbuzarlarga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.
Tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida ushbu xatti-harakatlarni Toshkent viloyati Boʻka tumanida yashovchi 26 yoshli shaxs sodir etgani aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, u 2025-yilning sentabr oyida Telegram messenjerida bir nechta akkaunt ochib, turli guruhlarda avval kasallikka chalinib, hozirda tuzalib ketgan shaxslar nomidan tarqatilgan rasm va videolarni takror joylashtirgan. Ularga oʻzining bank plastik kartalari raqamlarini qoʻshib, fuqarolardan ehson puli yigʻgan. Toʻplangan pul mablagʻlarini esa shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflagan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” va “g” bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan har qanday yordam soʻrovlariga nisbatan hushyor boʻlishni, shaxsiy maʼlumotlar va moliyaviy vositalardan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya etishni soʻradi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110620
Jamiyat
94414
Jamiyat
90306
Jamiyat
74076
Jamiyat
//
Izoh yo‘q