Jamiyat
15-yanvardan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi – onlayn bosqichi boshlandi. Fuqarolar census.stat.uz sayti orqali oʻzi va oila aʼzolarini roʻyxatdan oʻtkazish imkoniga ega.
Saytdagi barcha matnlar va savolnoma 8 ta tilda, til meʼyorlariga toʻliq rioya etilgan holda joylangan. Xususan, matnlar Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi hamda Respublika taʼlim markazi tomonidan tekshirilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.
Statistika qoʻmitasi ushbu usulning qulayligi va tezkorligini inobatga olgan holda barcha fuqarolarga aynan shu tarzda roʻyxatdan oʻtishni tavsiya etgan. Onlayn roʻyxatdan oʻtish 31-yanvarga qadar davom etadi.
Avvalroq Milliy statistika qoʻmitasi raisi Behzod Hamrayev kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani va fuqarolarning maʼlumoti sir saqlanishini taʼkidlagandi.
“Axborot tizimi barqaror ishlashi uchun zarur server quvvatlari ajratilgan, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrildi. Fuqarolar tomonidan taqdim etilayotgan barcha maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilinadi, shaxsiy maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va umumlashgan holda faqat statistik maqsadlarda qoʻllaniladi. Ushbu maʼlumotlar soliq, huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa nazorat organlariga berilmaydi, 100 foiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, – deydi Hamrayev.
Roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichi – 4-28-fevral kunlari “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari tomonidan uyma-uy yurib oʻtkaziladi. Bunda savolnomalar planshet qurilmalari orqali toʻldiriladi.
Roʻyxatga olishning dastlabki natijalari joriy yilning 1-iyul sanasiga qadar, yakuniy maʼlumotlar esa 2027-yilning 1-iyul sanasiga qadar eʼlon qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111172
Jamiyat
94535
Jamiyat
90486
Jamiyat
74648
Jamiyat
//
Izoh yo‘q