Siyosat
Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishida qayd etildi.
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi.
Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Bundan tashqari, armiyadan qaytgan yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha ham alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlarning kredit xarajatini 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi, davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti joriy qilinadi. Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan yoshlarga kasbni egallash va sertifikat olish xarajatlari toʻlab beriladi.
“Bir soʻz bilan aytganda, “muddatli harbiy xizmatni oʻtash – yoshlar uchun muvaffaqiyat yoʻli”ga aylanishi kerak”, – dedi Prezidentimiz.
Muhandislik-texnika, kiberxavfsizlik va axborot xurujlariga qarshi kurashish sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash eng muhim masala ekani taʼkidlandi. Shu bois, muhandislik-texnik yoʻnalishdagi harbiy-ilmiy bazani mustahkamlash, joylarda harbiy texnoparklar tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini yanada mustahkamlash bilan birga, ularning maʼnaviy olamini ham muntazam boyitib borishni zamonning oʻzi talab etmoqda. Bunda kitobxonlik muhim oʻrin tutadi. Shu bois, joriy yilda barcha harbiy qism va muassasalar jami 1 million nusxadagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanadi.
Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiyga yoʻnaltirilgan maktab-litsey oʻquvchilari, muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar, serjant va ofitserlar oʻrtasida Oliy Bosh Qoʻmondon sovrini uchun kitobxonlik tanlovi yoʻlga qoʻyiladi. Okrug, qoʻmondonlik, vazirlik, Oliy Bosh Qoʻmondon tanlovlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan askarlarning muddatli harbiy xizmati bir oyga qisqartirib beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
110576
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74031
Jamiyat
//
Izoh yo‘q