Siyosat
13-yanvar kuni Prezident, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okruglar qoʻmondonlari, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari, boshqa idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Turli mintaqaviy mojarolar kengayib, qurollanish poygasi avj olayotgani, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, xalqaro huquq normalari va xalqaro diplomatiya zaiflashib borayotgani qayd etildi.
“Bir narsani tushunib olish zarur. Zamonaviy urush tabiati tubdan oʻzgardi. Endi qaysi davlat faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanib gʻalaba qozonaman desa, qattiq adashadi. Hozirgi janglar sunʼiy intellekt, raqamli boshqaruv, uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvchi vositalar, kiber va robot texnologiyalar, siyosiy-iqtisodiy bosim asosida olib borilmoqda” – dedi davlat rahbari.
Shu bois, tinchlik va xotirjamlik eng qimmat boylikka aylanayotganini bir daqiqa ham unutmaslik lozimligi taʼkidlandi. Bu boylikni asrab-avaylash uchun esa har bir soha va tarmoq xavf-xatarlarga oldindan javob qaytarish boʻyicha “proaktiv ish rejimi”ga oʻtishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Oliy Bosh Qoʻmondon kelgusi istiqbolga moʻljallangan eng muhim vazifalarni belgilab berdi. Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
“Shuni unutmaslik kerakki, harbiy taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish armiyaning yangi qiyofasini shakllantirishning asosiy shartidir”, – dedi Prezident.
Muddatli harbiy xizmat – faqat jismoniy va harbiy tayyorgarlik emas, balki yoshlarimiz jamiyatda mustahkam oʻrnini topishi uchun ularni mehnat bozoriga va mustaqil kasbga tayyorlash bosqichi sifatida tashkil etilishi zarurligi qayd etildi.
Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi boʻlib chiqishi boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash boʻyicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan oʻtkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
110575
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74030
Jamiyat
//
Izoh yo‘q