Jamiyat
Prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali Park & Ride tizimi yo‘lga qo‘yiladi, yo‘lkira haqini to‘lashning yangicha tizimi ham joriy etiladi.
Aytilishicha, Park & Ride tizimi yo‘lga qo‘yilishi orqali avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish, avtoturargoh to‘lovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlari amalga oshiriladi.
Ushbu tizim avtomobilni maxsus avtoturargohda qoldirib, keyin jamoat transportida yo‘lni davom ettirish tizimi bo‘lib, bu orqali tirbandlikni kamaytirish, markazdagi mashinalar sonini qisqartirish, ekologiyani yaxshilash mumkin.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar 2030-yilgacha metropolitenda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
– metropolitenda tashiladigan kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
– harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish va boshqalar.
2028-yil yakuniga qadar metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga o‘tish yo‘laklarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda vending apparatlari va kichik ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirish choralari ko‘riladi. Xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
112331
Jamiyat
95001
Jamiyat
91128
Jamiyat
75890
Jamiyat
//
Izoh yo‘q