Jamiyat
Endi raqobatga qarshi kelishuvlar hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani haqidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etganlar rag‘batlantirilishi mumkin. Bu haqdagi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, pul mukofotining miqdori qonunbuzarlik uchun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga kelib tushgan jarima summasining byudjetga ajratmalardan qolgan qoldiq miqdoridan kelib chiqib belgilanmoqda. Unga ko‘ra:
– raqobatga qarshi kelishuvlar amalga oshirilganligi uchun Jamg‘armaga undirilgan mablag‘ning 3 foizi miqdorida, ammo BHMning 100 baravaridan (41,2 mln so‘mdan) ortiq bo‘lmagan miqdorda;
– reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jamg‘armaga undirilgan mablag‘ning 10 foizi miqdorida, ammo BHMning 10 baravaridan (4 mln 120 ming so‘mdan) ortiq bo‘lmagan miqdorda pul mukofoti berilishi kutilmoqda.
Loyihada keltirilishicha, bugungi kunda raqobatga qarshi kelishuvlarni, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarni aniqlash murakkab jarayon bo‘lib, kelishuvlar o‘zaro og‘zaki tarzda amalga oshirilganda uni aniqlash va rasmiylashtirish uchun uzoq vaqt talab etmoqda.
Shuningdek, qonunchilik talablari buzilishi holatlarini oldini olish, bartaraf etish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va faol shaxslarni rag‘batlantirish orqali nazoratni ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali mavjud resurslardan unumli foydalanish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.
Mazkur amaliyot bozorda adolatli raqobatni ta’minlash uchun samarali mexanizm sifatida baholanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
112333
Jamiyat
95002
Jamiyat
91136
Jamiyat
75890
Jamiyat
//
Izoh yo‘q