Pxuket orolida 3 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan kater halokatga uchradi

Saqlash
14:29 / 13.01.2026 38 0

Joriy yilning 11-yanvar kuni tongda Pxuket orolida 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Koravich Marine 888 kateri baliq ovlash kemasi bilan to‘qnashib, halokatga uchradi.  Kuchli zarbadan Kater korpusi zarar ko‘rib, cho‘ka boshlagan.

 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, katerda 55 kishi bo‘lgan, ulardan 52 nafari turist, uch nafari ekipaj a'zosi bo‘lgan. Tass nashri qayd etishicha, sayoxatchilarning 33 nafarini rossiyaliklar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa mamlakat fuqarolari tashkil etgan. Halokat oqibatida 2008 yilda tug‘ilgan rossiyalik qiz vafot etgan.

 

Tashqi ishlar vazirligi qayd etishicha, hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan. Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.

 

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//