Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 15-yanvaridan boshlab dorixonalarda antibiotiklar faqat elektron retsept orqali berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu masala yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tushuntirish berdi.
Xabaringiz bor, 2025-yilning 15-dekabrida Sogʻliqni saqlash vazirining “Elektron retsept” tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash boʻyicha tegishli buyrugʻi qabul qilingan boʻlib, unda tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlashni bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.
Dastlabki bosqichda antibiotiklar, tizimli taʼsir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari hamda tizimli taʼsir etuvchi gormonal dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash va dorixonalarda elektron retsept asosida berish tartibi belgilangan boʻlib, hozirda mazkur dori vositalari amalda ushbu tartib asosida elektron retsept orqali berib kelinmoqda.
SSV Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, yuqorida keltirilgan hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-dekabrda 3725 raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tartib 2026-yilning 15-yanvaridan emas, balki buyruq kuchga kirgan 2025-yil 16-dekabr sanasidan boshlab amalda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
110568
Jamiyat
94407
Jamiyat
90300
Jamiyat
74023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q