Samarqand tumani tugatilmoqda

Saqlash
09:25 / 13.01.2026 67 0

Samarqand viloyatining Samarqand tumani tugatiladi. Tegishli qaror Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, OʻzLiDeP fraksiyasi yigʻilishida muhokama qilingan.

 

Unga koʻra, Samarqandni “Millionli shahar”ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turar-joy va noturar binolarni qurish, aholining uy-joylarga boʻlgan talabini toʻla qondirish, hududlarni infratuzilma bilan taʼminlash orqali aholiga munosib yashash sharoitini yaratish maqsadida Samarqand tumani alohida maʼmuriy-hududiy birlik sifatida tugatilmoqda. Oqdaryo, Pastdargʻom, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralari esa oʻzgartirilmoqda.

 

OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Diyor Husanov maʼlum qilshicha, Chegaralar oʻzgartirilishi hisobiga Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengayib, yangi investitsiya va qurilish loyihalari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani eʼtiborga molik. Yaʼni yangi turistik loyihalar, oʻyin maydonlari, akvapark, havo sharlari, istirohat bogʻlari kabi koʻngilochar turizm va dam olish maskanlari tashkil etiladi, yangi yashil hududlar va xizmat koʻrsatish obyektlari va logistika markazlari quriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//