Hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda

Saqlash
12:48 / 12.01.2026 94 0

O‘zgidromet 18-yanvargacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15–17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 12-13-yanvarda ba’zi joylarda 12–17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq,

15-16-yanvarda 0– -5° sovuq, 17-18-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi 12-13-yanvarda +7– +12° iliqqacha ko‘tariladi, 14-yanvarda +3– +8° iliq bo‘ladi, 15–18-yanvarda -2° sovuq– +3° iliqqacha pasayadi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 15–17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 13-yanvarda ba’zi joylarda 12–17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–14-yanvarda +2– +7° iliq bo‘ladi, 15–18-yanvarda -3° sovuq– +2° iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda +11– +16° iliq, 13-14-yanvarda +13– +18° iliq, 15–18-yanvarda +2– +7° iliqqacha pasayadi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12-, 15-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

 

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 13-yanvarda ba’zi joylarda 12–17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–14-yanvarda 0– +5° iliq, 15-yanvarda +2– +7° iliq bo‘ladi, 16–18-yanvarda -2° sovuq– +3° iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda +8– +13° iliq, 13-14-yanvarda 10-15° iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda 2-7° iliqqacha pasayadi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi faqat 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–15-yanvarda +3– +8° iliq bo‘ladi, 16–18-yanvarda -2° sovuq– +3° iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda +13– +18° iliq, 13-14-yanvarda +15– +20° iliq bo‘ladi, 15–18-yanvarda +5– +10° iliqqacha pasayadi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi 12–14-yanvarda +7– +12° iliq bo‘ladi, 15–18-yanvarda +2– +7° iliqqacha pasayadi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12-,16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–16-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi, 17-18-yanvarda -2– -7° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda +3– +8° iliq, 13-14-yanvarda +5– +10° iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda -3° sovuq– +2° iliqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//