Jamiyat
Oʻzbek-xitoy arxeologlar jamoasi Oʻzbekistondagi qadimiy Quva shaharchasidan qolgan devorlaring miloddan oldingi III asrdan milodiy X asrgacha boʻlgan qismini topdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Sinxua agentligining yozishicha, Loyan-Fargʻona qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi ishtirokchilari ushbu topilma Ipak yoʻlidagi qadimiy shaharning tarixiy rivojlanishini hamda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi madaniy almashinuvlarni oʻrganish uchun muhim moddiy dalil, deb hisoblaydi.
110 ming kvadrat metr maydonni egallagan qadimiy Quva shaharchasi xarobalari Fargʻona vodiysida joylashgan. Ipak yoʻlidagi muhim markaz sifatida bu mintaqa Xitoy bilan ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzoq muddatli aloqalarga ega boʻlgan.
Arxeologlarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, bir necha bor qayta qurilgan istehkomlar uzoq vaqt davomida – Parfiya, Dovon va Sugʻd davrlaridan tortib Somoniylar davrigacha ishlatilgan.
Xitoy tomonidagi qoʻshma ekspeditsiya rahbari Lyu Binning taʼkidlashicha, devor qurish texnologiyalarining evolyutsiyasi turli davrlarda meʼmoriy mahorat va qurilish materiallarini tanlash, bunday tanlovlarga potensial madaniy taʼsir va madaniyatning tarqalishini oʻrganish uchun muhim maʼlumotlarni taqdim etadi.
2023 yilda Xenan provinsiyasining Loyan arxeologiya instituti va Fargʻona davlat universiteti qadimgi Quva shahri xarobalarida arxeologik qazish ishlarini olib borish uchun qoʻshma arxeologik guruh tuzdi.
Hozirgi kunga qadar xarobalarda saroylar, shahar darvozalari, devorlar, turar-joy binolari, koʻchalar va hunarmandchilik ustaxonalari kabi yodgorliklar topilgan.
“Kelgusi yilda saroy hududida joylashuv va funksional qurilishni har tomonlama tushunishni yanada rivojlantirish uchun tizimli qazishmalar oʻtkazish rejalashtirilgan”, — deb yozadi Sinxua agentligi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110521
Jamiyat
94401
Jamiyat
90291
Jamiyat
73972
Jamiyat
//
Izoh yo‘q