Jamiyat
Farg‘onaning Buvayda tumani 37-maktabda rasman ishlanmaydigan bayram kunlarida ham pedagoglar tun-u kun navbatchilikka majburlangani holati yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish olib bordi.
Unga ko‘ra, xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ikki hissa miqdorida ish haqi to‘lab berish bo‘yicha ish beruvchiga yozma ko‘rsatma kiritilgan. Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan maktab direktoriga nisbatan MJtKning 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish)ga asosan javobgarlik chorasi ko‘rilgan.
“Mehnat qonunchiligi buzilishini shuningdek, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida yuqori turuvchi tashkilotga taqdimnoma kiritildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq mana shu vaziyatlar fonida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi direktor ishdan ozod qilinganini ma’lum qilgandi. Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Nilufar Amanniyazovaning aniqlik kiritishicha, boshqarma maktab direktorini lavozimidan bo‘shatishda mehnat qonunchiligini buzgan.
“Maktab direktori bilan suhbatlashilganda mehnat shartnomasi bekor qilinganidan xabari yo‘qligini bildirdi. Ish beruvchi direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda qo‘pol qonunbuzilishga yo‘l quygan. Inspeksiya nafaqat o‘qituvchilar mehnat huquqlarini himoya qiladi, balki maktab direktori ishga tiklanishini ham ta’minlaydi”, degan inspeksiya rahbari.
Qolaversa, Amanniyazova dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilishda xodim roziligi olinishi kerakligi hamda qonunchilikka muvofiq to‘lovlarni ham amalga oshirish lozimligini aytgan.
Ma’lumot uchun, amaldagi Mehnat kodeksining 209-, 210-moddalariga ko‘ra, xodimlarni dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb qilish taqiqlangan. Buning uchun yuqorida aytilganidek yozma rozilik yoki tashkilot rahbarining ichki buyrug‘iga roziligi sifatida chekilgan imzolar kerak bo‘ladi. Bunday kunlarda xodimlarni faqatgina hujjatda belgilangan maxsus vaziyatlarda ishga chaqirish mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110480
Jamiyat
94396
Jamiyat
90283
Jamiyat
73930
Jamiyat
//
Izoh yo‘q